Samarqand · Buxoro · Xiva · Toshkent · Termiz

Obidalar sizga
o‘z tilingizda gapiradi.

Meros.ai — O‘zbekiston tarixiy obidalari uchun AR + AI gid. Kamerani binoga qarating: ilova uni taniydi, ko‘rinib turgan bezaklarni tushuntiradi, 150 yil oldingi suratini ko‘rsatadi va savolingizga manba bilan javob beradi.

  • 43 obida · 5 shahar
  • O‘zbek · Rus · Ingliz · Indonez · Arab
  • Internetsiz ham ishlaydi
Meros.ai ilovasi: Ulug‘bek madrasasi sahifasi
Muammo

Turist binoni ko‘radi, lekin tarixini bilmay ketadi

2025-yilda O‘zbekistonga 11,7 mln xorijiy turist keldi. Registon yoki Imom Buxoriy majmuasi oldida turganda ularning tanlovi hali ham uchta: gid yollash, qisqa yozuvni o‘qish yoki internetdan qidirish.

Gid hamma uchun emas

Shaxsiy gid qimmat va band. Indonez, malay yoki arab tilida gapiradigan gid esa deyarli yo‘q.

Ziyoratchi o‘z tilida ma’lumot topa olmaydi

Indoneziya va Malayziyadan aynan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Naqshband merosi uchun kelishadi. Ular haqida ishonchli, joyida ishlaydigan kontent ularning tilida yo‘q.

Tur operator har sayyohga gid bera olmaydi

30 kishilik guruhda 3–4 xil til bo‘ladi. Gid bitta tilda gapiradi, qolganlar faqat suratga tushadi.

Qanday ishlaydi

Ilova ichidan: haqiqiy ekranlar

Quyidagi rasmlar — ishlab turgan ilovaning skrinshotlari (Android), maket emas. Ilova mehmon rejimida ochiladi: ro‘yxatdan o‘tish faqat reja yoki sevimlilarni saqlash uchun kerak.

1

Katalog: 5 shahar, 43 obida

Ilova ochilishi bilan yaqin atrofdagi obidalar masofasi bilan chiqadi. Shahar va tur bo‘yicha saralash mumkin: tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muzeylar. Kontent bir marta yuklanadi va keyin internetsiz ochiladi.

Katalog ekrani: kunning kashfiyoti va yaqin joylar
2

AR Skan: kamerani binoga qarating

Sun’iy intellekt suratdagi obidani 5 km radiusdagi bazadan tanlaydi va binoda ko‘rinib turgan elementlarni (peshtoq, girih naqsh, minoralar) belgilaydi. Pastda shu bino bo‘yicha hikoya, 1872-yil ko‘rinishi va elementlar chiqadi.

AI matn to‘qimaydi: u faqat bazadagi obida va elementlardan birini tanlaydi, foydalanuvchi o‘qiydigan matn esa manbali bazadan olinadi. Ishonch 50% dan past bo‘lsa, ilova «Balki: …» variantlarini taklif qiladi. AI yoki internet bo‘lmasa, GPS bo‘yicha eng yaqin obidani ko‘rsatadi. Skrinshotda aynan shu holat.
AR Skan: Ulug‘bek madrasasi aniqlandi
3

Vaqt mashinasi: 150 yil oldin bu bino qanday edi

Kadr ustiga 1872-yilgi «Turkiston albomi» va 1911-yilgi Prokudin-Gorskiy suratlari qo‘yiladi. Slayder bilan «hozir» va «o‘shanda»ni solishtirasiz. Ilova suratchi turgan nuqtani ham ko‘rsatadi: o‘sha joyga borsangiz, ko‘rinish aynan ustma-ust tushadi.

Hozir 7 obida uchun jamoat mulki bo‘lgan tarixiy suratlar bor. 3D rekonstruksiya keyingi bosqichda.
Vaqt mashinasi: 1872-yilgi surat hozirgi ko‘rinish ustida
4

Tarix sahifalari: bino — shaxs — voqea

Har bir obida uni qurgan, unda o‘qigan va dars bergan shaxslar, sulolalar va voqealar bilan bog‘langan. Ulug‘bek madrasasidan Ali Qushchiga, undan rasadxonaga o‘tasiz. Graf hozir 70 ta shaxs, voqea va sulolani 215 ta bog‘lanish bilan birlashtiradi.

«Nimaga qarash kerak» bo‘limi joyida e’tibor berish kerak bo‘lgan bezak va qismlarni ko‘rsatadi, har biri manbasi bilan.

Har bir sahifada tekshiruv holati ochiq yoziladi: «Manbalar asosida tayyorlangan, mutaxassis tekshiruvi kutilmoqda».
Obida sahifasi: tarix sahifalari va nimaga qarash kerak
5

Gidga savol: javob manbasi bilan

Hikoyani tinglab turib savol berish mumkin. Javob faqat tekshirilgan matn bo‘laklaridan tuziladi va har birida manba ko‘rsatiladi: kitob, muallif, yil. Bepul rejimda kuniga 3 ta savol, pass bilan kuniga 50 tagacha.

AI ishlamasa ham ilova manbali matndan javob qaytaradi (skrinshotda «Manba matnidan» belgisi). Internet umuman bo‘lmasa, tayyor savol-javoblar ochiladi.
Gidga savol: javob va manba
6

Tayyor sayohat rejalari

Kurator tuzgan bir va ko‘p kunlik rejalar: soatma-soat marshrut, transport, taxminiy narx va byudjet taqsimoti. Ziyorat rejalariga namoz to‘xtashlari avtomatik qo‘shiladi. Rejani saqlash mumkin, tur operatorga so‘rov yuborish ham mumkin. To‘lov ilovada emas, operator bilan amalga oshiriladi.

«Samarqand allomalari — 2 kun» rejasi
7

Sayyohning o‘z tilida

Interfeys va kontent 5 tilda: o‘zbek, rus, ingliz, indonez va arab. Arab tilida ekran to‘liq o‘ngdan chapga aylanadi. Til almashganda telefondagi kesh o‘chirilmaydi, matnlar joyida yangilanadi.

Indonez va arab matnlari hozircha mashina qoralamasi, ilovada shunday deb belgilangan. Ona tilida so‘zlashuvchi tarjimon tekshiruvi rejada.
Imom Buxoriy majmuasi sahifasi indonez tilida
Katalog arab tilida, o‘ngdan chapga

Skrinshotlar 2026-yil oktabrda Android emulyatorida, sinov serveri bilan olingan. AR Skan uchun telefon galereyasidagi surat ishlatilgan (ilovadagi «galereyadan» funksiyasi orqali).

Ziyorat uslubi

Musulmon sayyoh uchun — alohida ilova emas, bitta tugma

Profilda «Sayohat uslubi → Ziyorat» tanlansa, ilova fokusini o‘zgartiradi: katalog o‘sha, lekin ziyorat obyektlari oldinga chiqadi. Butun katalog ikkala uslubda ham ochiq.

  • Namoz vaqtlari — qurilmada, internetsiz hisoblanadi; sayohat rejasiga Peshin va Asr to‘xtashlari qo‘shiladi.
  • Halol va namozxona belgilari obida, restoran va mehmonxona sahifalarida.
  • Allomalar — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Naqshband: hayoti, asarlari, qaysi obida bilan bog‘liqligi.
  • Indonez va arab tillari (arabcha o‘ngdan chapga yoziladi) — 43 obida, AR elementlar va sayohat rejalari.
  • Tayyor ziyorat rejalari, masalan «Samarqand allomalari — 2 kun».
Ziyorat uslubi: namoz vaqtlari va ziyorat obyektlari
Offline-first

Majmua ichida internet yo‘q bo‘lsa ham ishlaydi

Kontent bir marta yuklanadi va telefonda saqlanadi. Saqlangan reja va o‘zgarishlar navbatga yoziladi, internet qaytgach o‘zi yuboriladi.

Katalog va hikoyalar Audio boblar Vaqt mashinasi Namoz vaqtlari Geo-yorliqlar (GPS + kompas) Ko‘rilgan xarita hududi

Internet kerak bo‘ladiganlar: AI orqali obidani suratdan tanish va AI savol-javob. Internet bo‘lmasa, ilova eng yaqin obidani GPS bo‘yicha ko‘rsatadi va tayyor savol-javoblarni ochadi.

Hamkorlar va daromad

Sayyohga tur operator, majmua va mehmonxona orqali yetamiz

Meros bron va chipta sotmaydi: mehmonxona, transport va to‘lov — milliy turizm platformasi va operatorlarning ishi. Biz obida oldidagi tajribani beramiz va ular bilan ishlaymiz.

Tur operatorlar

Guruhdagi har bir sayyohga pass kodi beriladi — har kim o‘z tilida eshitadi. Operatorning o‘z kabineti, tayyor ko‘p kunlik rejalari va sayyohlardan keladigan so‘rovlar ro‘yxati bor.

Muzey va majmualar

Kirishdagi QR kod obida sahifasini ilovada yoki brauzerda ochadi. Litsenziya asosida kontentni admin panelda o‘zi boshqaradi va tashrif statistikasini ko‘radi.

Mehmonxonalar

Mehmonga shahar pass’ini sovg‘a yoki qo‘shimcha xizmat sifatida beradi. Restoran va mehmonxonalar xaritada halol va namozxona belgilari bilan chiqadi.

Bepul

Katalog, xarita, qisqa ma’lumot, hikoyaning birinchi bobi va kuniga 3 ta AI savol.

Shahar / O‘zbekiston pass

To‘liq audio gid, kuniga 50 tagacha AI savol, AR va vaqt mashinasi, offline paket. Rejalashtirilgan narx: shahar — $10 (30 kun), butun O‘zbekiston — $15 (60 kun).

B2B litsenziya

Operator, majmua va mehmonxonalar uchun: pass kodlar partiyasi, o‘z brendi, statistika.

Loyiha holati · 2026-oktabr

Nima tayyor, nima qolgan

Bosqich — MVP. Mahsulot to‘liq ishlaydi, lekin hali do‘konlarda emas va real foydalanuvchilar bilan sinalmagan. Android ilova (APK) saralashdan keyin namoyish etiladi.

Qurilgan

  • Mobil ilova (Android va iOS, bitta kod bazasi) — 5 tab: Katalog, Xarita, AR Skan, Reja, Profil
  • Server API, kontent uchun admin panel (CMS) va qidiruv tizimlari uchun veb-versiya
  • 43 obida, 35 ta AR element, 7 obida uchun vaqt mashinasi suratlari, allomalar va sulolalar grafi
  • 5 til, jumladan arab (o‘ngdan chapga)
  • Pass va litsenziya tizimi, hamkor kabineti, anonim statistika
  • 450 dan ortiq avtomatik test, xavfsizlik ko‘rigi o‘tkazilgan

Keyingi qadamlar

  • Kontentni tarixchi tekshiruvidan o‘tkazish — hozir ochiq manbalar asosidagi qoralama
  • Indonez va arab tarjimalarini ona tilida so‘zlashuvchi tarjimon tekshiruvidan o‘tkazish — hozir mashina qoralamasi
  • Samarqandda 1–3 tur operator bilan pilot: birinchi guruhlar va birinchi to‘lovlar
  • Google Play va App Store’ga chiqarish
  • 3D rekonstruksiya (hozir tarixiy suratlar ishlatiladi)

Asoschi — O‘ktambek Amonov

Mahsulotni g‘oyadan ishlaydigan MVP’gacha 8 haftada yakka o‘zi qurgan: mobil ilova, server, admin panel va kontent.